AKTIVATSION TAHLIL, radioaktivatsion tahlil — moddaning sifati va miqdoriy tarkibini aniqlash usuli. 1936-y. da D. Xeveshi va G. Levi taklif etgan. Neytronlar, zaryadlangan zarrachalar (protonlar va b.) yoki u-kvantlar oqimi taʼsirida hosil boʻlgan nuklidlarning radioaktiv nurlanishini tadqiq qilishga asoslangan. Oʻzbekistonda Aktivatsion tahlil boʻyicha tadqiqotlar 1960-y. da Ye. M. Lobanov tomonidan boshlangan va uning rivojiga A. A. Kist, V. A. Moʻminov, A. G. Gʻaniyevlar katta hissa qoʻshishgan.
Intensivligi – 1013 sm»2-s2 boʻlgan neytronlar oqimidan foydalanilganda kupgina elementlarni 10ʻ5—10»10 aniqlik bilan sezish mumkin. u-A. t. uchun yuqori energiyali elektronlarni tormozlaganda chiqadigan katta intensivli (10y—10ls kvantGʻs) nurlanishdan foydalaniladi. Bu usul bilan davriy sistemaning barcha elementlarini aniqlash mumkin va undagi sezgirlikning chegaraviy kiymati —10~*—10»7% ga yetadi. Olingan spektrlarni tahlil qilish va natijalarga ishlov berish uchun koʻp kanalli analizatorlar va E. M qoʻllaniladi, bu esa jarayonni avtomatlashtirish imkonini beradi. Aktivatsion tahlilning asosiy ustunliklaridan biri — turli obyektlardagi elementlarning juda oz miqdorini aniqlay olish va koʻplab na-munalarni tez taxlil qila bilish imkonidir. Aktivatsion tahlil oʻta toza materiallardagi kirishmalarni, biologik obyektlardagi mikroelementlarni aniqlashda, arxeologiya, geol., tibbiyot, kriminalistika va b. sohalarda qoʻllaniladi.