AKSESSOR MINERALLAR

AKSESSOR MINERALLAR (lot. accessorius — qoʻshimcha) — togʻ jinslarining tarkibida miqdor jihatdan oz uchraydigan, lekin sifat jihatdan baʼzan muhim ahamiyatga ega boʻlgan minerallar. Dastlab tasodifiy qoʻshimcha minerallar deb (nomi ham shundan) hisoblangan. Keyinroq Aksessor minerallar togʻ-jinslarining qonuniy qismi ekanligi va uning asosida togʻ jinslarining oʻzaro oʻxshashligi va kelib chiqishini aniqlash mumkinligi ayon boʻldi. Aksessor minerallarga sirkon, apatit, rutil, anataz, ksenotim va b. kiradi. Aksessor minerallar assotsiatsiyalari biror petrografik provinsiyadagi har xil jinslarni oʻzaro taqqoslash hamda turli r-nlardagi choʻkindi jinslarning yoshini aniqlash va chaqiq jinslarning manbai va tarixini oʻrganish uchun qoʻllaniladi. Soʻnggi vaqtlarda Aksessor minerallar assotsiatsiyalariga asoslanib, magmatik jinslarning fazalari ham aniqlanadi.

Prev Article

AKSEPTOR

Next Article

AKSIZ