AKUDIN Veniamin Georgiyevich

AKUDIN Veniamin Georgiyevich (1936.3.1, Mirzachoʻl, hoz. Guliston sh.) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974). Respublika rassomlik bilim yurtida (1951— 56), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida (1957—62) taʼlim olgan, shu intda oʻqituvchilik qilgan (1962—72); 1961-y. dan Respublika qoʻgʻirchoq teatrida rassom. Dekoratsiya eskizlari, qoʻgʻirchoqlari asar mazmuniga mosligi bilan diqqatga sazovor. Akudin yaratgan koʻpgina qoʻgʻirchoqlar (Kachal polvon, Oygul, Baxtiyor va b.) bolalarning sevimli ovunchoqlariga aylandi. Qoʻgʻirchoq teatri jamoasi bilan birga koʻpgina mamlakatlarda boʻlib, safar taassurotlari asosida akvarel rasmlar turkumini yaratdi («Birma-72», «Hindiston-77», «Kobul-80», «Bolgariya-82»; «Chimyon», 1995).

Prev Article

AKTYUBINSK

Next Article

AKUSTIK ZOND