AKVEDUK

AKVEDUK (lot. aqua — suv va dico — eltaman) , suv oʻtkazgich-koʻprik — jar, dara, daryo, yoʻl ustidan oʻtkaziladigan nov yoki quvurdan iborat koʻpriksimon, estakada koʻrinishidagi suv oʻtkazuvchi inshoot. Oʻtkaziladigan joyning uzunligi va chuqurligiga qarab, Akveduk yogʻoch, temirbeton, tosh, beton va metalldan quriladi. Oʻzbekistonda qadim zamonlardan buyon Akveduklar yogʻoch va toshdan qurilib kelingan. Mas, 8 – a. oxiri — 9 – a. boshlarida Afrosiyobni suv bilan taʼminlash maqsadida pishiq gʻishtdan Akveduk qurilgan (q. Joʻyi arziz).

Prev Article

AKVATOLLAR

Next Article

AKVILEGIYA