AL-AZHAR

AL-AZHAR (al-Jomi al-Azharning qisqa nomi) — Qohiradagi jome masjid, un-t, oʻrta va oʻrta maxsus bilim yurtlarini oʻz ichiga olgan yirik rasmiy diniy muassasa. Masjid 970—972-y. lari fotimiy xalifa al-Muizz amriga binoan Qohira shahri bilan barobar qurilgan. Uning tarkibidagi Madrasa (996) 11-a. dan boshlab Qurʼon, hadis, fiqh, til hamda balogʻat fanlari oʻqitiladigan un-tga aylandi. 14—15-a. larda unga yana bir necha yangi qurilgan madrasalar koʻshiddi. 18-a. da Al-azhar eng moʻtabar umummusulmon fan va taʼlim maskani sifatida shuhrat qozondi. 19-a. boshida Al-azhar ulamolari Napoleon Bonapart isti-losiga qarshi xalq harakatiga boshchilik qildilar. 19-a. oxiri — 20-a. boshida Al-azhar Abdu Muhammad boshliq islohot tarafdorlari bilan konservatorlar oʻrtasidagi kurash maydoniga aylandi. 1961-y. «alAzharni rivojlantirish haqida» qonun qabul qilingach, vazirlik maqomi berilgan. Al-azhar diniy muassasasiga rahbar — Shayxul Azharni Misr Prezidenti tayinlaydigan boʻldi. Ushbu konunga koʻra A. unversitetida qator dunyoviy f-tlar, jumladan, idora ishlari va savdo, politexnika, q. x., tibbiyot, ped. va xotinqizlar f-tlari ochildi. Al-azhar huzurida 50 yirik ulamodan tashkil topgan (shulardan 30 nafari misrlik va 20 nafari xorijiy ulamolar) islom tadqiqotlari Akademiyasi faoliyat koʻrsatmoqda. Al-azhar kutubxonasida 20 mingdan ziyod qoʻlyozmalar jamgʻarmasi mavjud. «Majallat al-Azhar» jurnalini nashr etadi. Al-azhar untining f-tlariga shu muassasa tarkibiga kiruvchi boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus bilim yurtlarini muvaffaqiyatli tugatgan tolibi ilmlar qabul qilinadi. Oʻrta taʼlim yurti (maohid iʼdodiya)da oʻqish muddati — 4 y., maxsus taʼlim (maohid sonaviya)da esa — 5 y. A. un-tining turli bosqichlarida 108,5 mingdan ortiqtalaba tahsil oladi. Taniqli ulamolar Ziyovuddinxon va Shamsuddinxon Boboxonovlar, Abdugʻani Abdullayev, Yusufxon Shokirov, qoraqalpogʻistonlik diniy arbob Rahmatulla Idrisov, arabshunos olim Shoikromqori Shoislomov va b. A. da tahsil koʻrganlar.

Ahadjon Hasanov.

Prev Article

ALAZONLAR

Next Article

AL-AZHAR UNIVERSITETI