ALABAMA

ALABAMA — AQSH shtati, mamlakatning jan. da. Yer yuzasining katta qismi tekislik, shim. va shim.-sharqida Tennessi daryosi kesib oʻtgan Appalachi togʻlarining tarmoqlari bor. Mayd. 133,7 ming km2. Aholisi 4,1 mln. kishi (30% negrlar, 1992). Maʼmuriy markazi — Montgomeri sh. Shahar aholisi 55%. Sanoatining asosiy tarmoqlari — qora metallurgiya va metallsozlik. Toshkoʻmir, temir rudasi, boksit qazib chiqariladi. Toʻqimachilik, kimyo (MaslShols, Xantsvill) va yogʻoch-qogʻoz sanoati (Chayldersberg) rivojlangan. GESlar bor. Tennessi vodiysida — kimyo va b. korxonalar, Xantsvillda aviatsiya-raketa hamda portlovchi moddalar z-dlari bor. Q. x. ning asosiy mahsulotlari: broyler joʻjalar (mamlakatda 3 – oʻrinda), paxta, tuxum. kramol boqiladi. Dehqonchilikda makkajoʻxori, yer yongʻoq, xashaki ekinlar ekiladi.

Prev Article

AKSIYADORLAR JAMIYATI

Next Article

ALAVIY