ALDAN TOGʻLIGI

ALDAN TOGʻLIGI — Sharqiy Sibirdagi togʻlik, Saxa (Yakutiya)ning jan,da. Stanovoy tizmasidan shim. roqda, Olyokma va Uchur daryolari oraligʻida, oʻrtacha bal. 800—1000 m boʻlgan yassi qirlar koʻp, ularning orasidan bal. 1400—2000 m keladigan ayrim-ayrim togʻ tizmalari (maksimal bal. 2306 m) kutarilib turadi. Asosan arxey va proterozoy gneyslari va kristalli slaneslardan tuzilgan. 1100—1300 m balandlikkacha qaragʻaytilogʻoch oʻrmonlari va togʻ tilogʻoch taygasi, undan yuqorida kedr chakalaklari uchraydi. Yalangoch togʻ tepalari toshloq tundra. Temir rudasi, toshkoʻmir, slyuda, oltin konlari bor.

Prev Article

ALDAN

Next Article

ALDAR KOʻSA