ALEMANNLAR

ALEMANNLAR (lot. Alamanni) — Dunay va Reyn daryolari yuqori oqimida, Rim imperiyasi mulklariga qaramaqarshi qirgʻoqlarda yashagan germanlarning 3-a. oxiridan maʼlum boʻlgan rimcha nomi. Rimliklar Jan. Germaniyadan Galliyaga bostirib kirgan qurolli toʻdalarni Alemannlar deb atagan. Birok, Alemannlar rimliklardan farqli ravishda oʻzlarini «shvablar» deyishgan. 4-a. dan alemann yollanma harbiylari Rim imperiyasida yuqori mavqega ega boʻla boshlagan.

Mac, 306-y. Konstantin I Rim taxtini egallashda Alemannlardan Krokus yordamiga tayangan. Imperator Konstantin II oʻz raqibi Magnensiya imperatoriga karshi kurashda Alemannlar qoʻshinidan foydalangan, biroq 357-y. Yulian Murtad ularni Argentorat (Strasburg) ostonasida tor-mor keltirgan. Soʻnggi oʻrta asrlarda oʻrta lotin tilidagi «Alamannia», fransuz va ispan tillaridagi «Alltmagne» hamda «Alemania» atamalari «Germaniya» atamasi bilan oʻrin almashgan.

Prev Article

ALEKSEY 1 KOMNIN

Next Article

ALEUT NOVI