ALGINAT KISLOTA

ALGINAT KISLOTA (lot. alga – suvoʻt) — koʻpchilik hujayra poʻstida uchraydigan yuqori molekulali rangsiz, amorf uglevod birikma. Mol. m. 3500 — 1500 000. Sovuq suvda yomon, issiq suv va ishqoriy eritmalarda yaxshi eriydi. Oʻz hajmidan 200—300-marta ortiq hajmdagi suvni yutish qobiliyatiga ega. Natriy va kaliyli tuzlari suvda yaxshi erib, yopishqoq eritmalar hosil qiladi. Alginat kislota va uning tuzlari emulsiya va suyuqliklarni quyultirishda, muzqaymoq i. ch. da gel hosil qiluvchi komponent sifatida va b. maqsadlarda ishlatiladi.

Prev Article

ALVEN

Next Article

ALGOLOGIYA