ALKILLASH — organik moddalarga bir valentli alkil guruhlarini kiritish. Alkillash reaksiyasiga komponentlarning konsentratsiyasi va oʻzaro nisbati, katalizatorlar hamda t-ra va boshqa omillar taʼsir qiladi. Texnikada Alkillash yoʻli bilan yuqori oktanli yonilgʻi (izooktan va b.), benzol gomologlari (kumol, etilbenzol va b.) va koʻpgina boshqa birikmalar olinadi. Shuningdek Alkillashdan boʻyoq, dorivor moddalar, oddiy va murakkab efirlar, maxsus uglevodorodlar va b. moddalarni sintez qilishda foydalaniladi.