ALO ul-BUXORIY, Alishoh ibn Muhammad ibn Qosim (13-a. Buxoro) — munajjim. Tarjimai holi haqida toʻla maʼlumot yoʻq. Birmuncha vaqt Xorazmda turgani uchun Xorazmiy nisbasi bilan ham mashhur. Alo ul-buxoriy-B. yulduzlar harakatiga oid «Ziji shohiy» nomli jadval yaratgan. «Umdat ilhoniya» («Ilhoniylar tayanchi») asari bilan nom qozongan. Unda ilmi nujum (astrologiya) sohasida oʻz davrida olingan natijalar umumlashtirilgan.