ALOQA

ALOQA — turli vositalar yordamida axborotlarni uzatish va kabul kilish; xalq xoʻjaligining pochta, telefon, telegraf, radio, televideniye va b. orqali axborotlarni uzatish va qabul kilishni (pochta orqali buyumlar yuborishni ham) taʼminlaydigan tarmogʻi. Aloqa jamiyatning i. ch.-xoʻjalik faoliyatida, davlat, qurolli kuchlar va jami transport turlarini boshqarishda, shuningdek aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega.

Qadimda xabarlar bir manziddan ikkinchisiga choparlar, kabutarlar yordamida yetkazilgan, ularni uzatishda shartli signallar — gulxanlar, chiroqlar, har xil ovoz chiqaruvchi asboblar qoʻllanilgan. Keyinchalik xabarlar yozma holda joʻnatiladigan boʻldi, natijada pochta aloqasi paydo boʻldi. Sanoat va savdo taraqqiyotining jadal surʼatlari axborotlarni tez yetkazishga imkoniyat yaratadigan yangi Aloqa usullariga katta extiyojni yuzaga keltirdi. 18-a. oxirida optik Aloqa paydo boʻldi, 19-a. da axborotlarni sim orqali katta tezlikda uzatishning elektr usullari kashf etildi. 1832-y. da P. L. Shilling elektr telegrafii yaratdi. 1837-y. da S. Morze elektromagnit telegraf apparatini (q. Telegraf ayaoqasi), 1876-y. da Aloqa Bell telefonii (q. Telefon aloqasi) kashf etdi. Aloqa taraqqiyotida navbatdagi eng muhim boskich — A. S. Popov tomonidan Simeiz aloqa — radioaloqaning yaratilishi boʻldi. Shundan soʻng Aloqa vositalarining texnika taraqkiyoti tez surʼatlarda bordi, axborotlarni ishonchli va tez uzatishi, quvvati va liniyalari soni jihatidan katta ustunlikka ega boʻlgan yangi tizimlar paydo boʻldi va keng qoʻllanila boshladi. 20-a. ning 60 — 70-y. larida Aloqa vositalarining kosmik (Yerning sunʼiy yoʻldoshlari orqali) tizimlari yaratildi (q. Kosmik aloqa). Qoʻllaniladigan texnika vositalari xarakteriga koʻra A. pochta Aloqasi va elektr Aloqa siga boʻlinadi (q. Elektr aloqa).

Hoz. davrda Aloqa barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda Aloqani rivojlantirish ishlariga yetarli hajmda mablagʻlar sarflanadi.

20-a. ning 90-y. larida Oʻzbekistonda rivojlangan Aloqa korxonalari aholiga hamda xalq xoʻjaligiga pochta, telegraf hamda mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon Aloqa xizmati koʻrsatadi, shuningdek respublikada radioaloqa, radioeshittirish va televideniyeni texnika vositalari bilan taʼminlaydi. Respublikaning Aloqa majmuasi pochta, matbuottarqatish, uyali (radiotelefon) A., elektr Aloqa, kosmik yoʻldoshlar orqali Aloqa turlarini qamraydi. OʻzRda idoraviy ichki Aloqa tarmoqlari (ayrim vazirliklar, tashkilotlar hamda shaxta, z-d, xoʻjaliklarning bevosita oʻziga qarashli Aloqa vositalari) ham mavjud.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida milliy telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish va uni mustaqil boshqarish muhim vazifaga aylandi. 1992-y. 13 yanv. da Oʻzbekiston Respublikasining «Aloqa toʻgʻrisida» qonuni qabul qilindi. Pochta Aloqasi, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruvni yanada takommillashtirish maqsadlarida 1997-y. 23-iyunda respublika Aloqa vazirligi Pochta va telekommunikatsiyalar Agentligiga aylantirildi. Agentlik tarkibida Aloqaning i. ch.-xoʻjalik, texnologik masalalari b-n shugʻullanadigan «Mahalliy telekom», «Xalqaro telekom» aksiyadorlik kompaniyalari hamda «Oʻzbekiston pochtasi» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.

Aloqa korxonalari uchun muhandislar 5 ixtisoslik boʻyicha Toshkent elektrotexnika aloqa in-ti (1955) va uning Termiz filiali (1991)da, texniklar Toshkent aloqa kolleji (1991; 1930 — 40 y. larda Oʻrta Osiyo aloqa texnikumi: 1940 — 91 y. larda Toshkent aloqa politexnikumi), Nukus politexnikumining aloqa boʻlimida tayyorlanadi.

1992-yili Oʻzbekiston Xalqaro elektraloqa ittifoqiga aʼzo boʻlib kirdi. Bu esa Oʻzbekistonning telekommunikatsiya sohasida xalqaro hamkorlik qilishi uchun keng yoʻl ochdi. Oʻzbekistonda Aloqa tarmogʻini jahon andozalariga javob beradigan darajaga koʻtarish uchun Xalqaro elektr aloqa ittifoqi muntazam koʻmak berib kelmoqda. 1992—2000-y. larda AQSH, Yaponiya, Germaniya, Indoneziya, Italiya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Jan. Koreya, Turkiya, Xitoy mamlakatlaridagi yetakchi firmalar bilan Oʻzbekistonda elektr Aloqa tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlik yaxshi samara berdi.

Tohir Rahimov.

Prev Article

AL-ORAZ

Next Article

ALOQA YOʻLDOSHI