ALP — 1) qad. turkiy xalqlarda ikki qoʻshin oʻrtasidagi jang boshlanishidan avval yakkama-yakka olishuvda ishtirok etuvchi bahodir jangchi, muboriz. Alplar qoʻshinning zarbdor kuchi hisoblangan va ularning soni uncha koʻp boʻlmagan. Alp larning qahramonligi, jasurligi aksar hollarda jang natijasini hal qilgan;
2) oʻzbek xalq dostonlarida gʻayri tabiiy kuch-qudrati, mardligi, jasorati va aql-farosati bilan ajralib turadigan qaqramon sifati. Barvasta, sogʻlom, baquvvat jussali kishilar ham Alpga qiyos qilinadi.