Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

ALTERATSIYA

ALTERATSIYA (lot. alteratio — oʻzgartirish) — 1) musiqada asosiy tovushqator pogʻonalarini (nomini saqlagan holda) oʻzgartirish; uning balandligini chorak, yarim yoki butun tonga balandlatish yoki pastlatish.

2) garmoniyada Alteratsiya tovushqatordagi noturgʻun pogʻonalarni xromatik oʻzgartirish orqali tuzuk (lad) tortilishlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Tarkibida oʻzgargan pogʻonalar mavjud boʻlgan interval yoki akkordlar Alteratsiya lashgan interval va akkordlar deb yuritiladi;

3) biol. da — mexanik kuch, issiqlik; elektr toki, kimyoviy moddalar va b. taʼsirida hujayra va toʻqimalar funksiyasining oʻzgarishi.

Prev Article

ALTAMIRA

Next Article

ALTERNARIOZLAR