ALYASKA (Alaska) — Tinch okeanning Shim. Amerika qirgʻogʻi yaqinidagi keng qoʻltiq. Alyaska yarim oroli bilan Shim. Amerika materigi oraligʻida. Sathi 384 ming km2. Chuq. 4929 m gacha. Suv koʻtarilishi 12 m gacha. Alyaskada Kadyak va Aleksandr arxipelagi, Qirolicha Sharlotta o. lari joylashgan. Alyaska dagi Baranov o. da rus geografi F. P. Litke 1840-y. da Tinch okeanda birinchi dengiz rasadxonasini ochgan. Baliq ovlanadi. Asosiy portlari — Syuard, Prins-Rupert.