AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI MILLIY FANLAR AKADEMIYASI

AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI MILLIY FANLAR AKADEMIYASI — AQSHdagi ilmiy jamiyat. 1863-y. Vashington sh. da tashkil etilgan. Asosiy maqsadi mamlakatda fan taraqqiyotiga koʻmaklashishdan iborat. AQSH hukumati va uning bir qancha agentliklari uchun fan va texnika masalalari boʻyicha maslahatchi organ vazifasini bajaradi. 1989 aʼzosi, 80 dan ortiq faxriy aʼzosi, 271 xorijiy aʼzosi bor. Ishlarni texnika fanlari milliy akademiyasi (1964) va Tibbiyot in-ti (1970) bilan birgalikda muvofiqlashtiradi. Ijrochi organi — Milliy tadqiqot kengashi (1916).

Next Article

AMERIKALIKLAR