AMERIKA

AMERIKA — ikki materik, yaʼni Shim. Amerika va Jan. Amerikadan iborat kitʼa; ular orasidagi chegara odatda Daryen boʻyni, baʼzan esa Panama boʻyni orqali oʻtkaziladi. Dunyodagi eng katta Grenlandiya o. va yon-atrofidagi bir qancha boshqa orollar ham Amerika tarkibiga kiradi. Gʻarbiy yarim sharda, Atlantika va Tinch okeanlari orasida. Shim. Amerikada koʻpincha Marka-ziy Amerika va Vest-Indiya o. lari alohida ajratiladi. Umumiy mayd. 42,5 mln. km2. Aholisi 724 mln. kishi (1990). Grenlandiya va Shim. Amerikaning shim.-sharqiy sohili 10 — 11-a. larda normannlar tomonidan kashf etilgan deb hisoblanadi. Antil orollari, Jan. Amerika sohilining shim. qismi xamda Shim. Amerikadagi Karib dengizi sohilining jan. qismini 1492—1503-y. larda X. Kolumb kashf etgan. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy Gʻarbiy yarim sharda ham quruqlik boʻlishi mumkin degan fikrni aytgan. Amerika Amerigo Vespuchchi nomiga qoʻyilgan (q. Janubiy Amerika va Shimoliy Amerika).

Prev Article

AMENXOTEP III

Next Article

AMERIKA BANKI