AMERIKAN IRQI, amerikanoid irq — katta mongoloid irqqa mansub irq. Oʻzida mongoloidlik belgilari bilan birga ayrim yevropeoid irq belgilarini ham mujassamlashtirgan (epikantusning boʻlmasligi, uzun burun va b.). Shim. va Jan. Amerikada (indeyslarda) tarqalgan. Ayrim antropologlar uni alohida katta irq deb hisoblaydilar.