AMFITEATR

AMFITEATR (yun. amphitheatron — ikki tomonlama tomosha) — 1) qad. Yunon va Rimda ommaviy tomoshalar, teatr spektakllari koʻrsatiladigan mahobatli bino. A. — oʻrtasidagi maydoni ellips shaklidagi ulkan inshoot; uning tomoshabinlar uchun moʻljallangan qator-qator oʻrindiqlari pastdan yuqoriga zina shaklida koʻtarilib boradi. Amfiteatrda arklar, ustunlar va ular orasida gumbazli galereyalar boʻlgan.

Prev Article

AMFISBENALAR

Next Article

AMFOTERLIK