AMFORA

AMFORA (lot. amphora, yun. amphoreus — soʻzidan: amphi — ikki tomondan, phero — koʻtarib boraman) — antik davrda ishlatilgan yuqori qismi keng, tag qismi va ogʻzi tor, ikki dastali, sopol, baʼzan metalldan tayyorlangan idish. Vino, yogʻ saqlash va tashishda, baʼzan ziyofatlarda bezatilgan Amfora turlaridan foydalanilgan. Boʻyama naqshlar, tasvirlar bilan bezatilgan, qad. va klassitsizm davriga oid Amforalar badiiy qimmatga ega. Arxeologik qazilmalar Oʻrta Osiyo hududida ham (jumladan, Surxondaryo hududida topilgan, mil. av. 3—2 a. ga mansub) Amfora simon idishlar tayyorlanganligini koʻrsatadi.

Prev Article

AMFISBENALAR

Next Article

AMFOTERLIK