AMINOV Noʻmon (1908 – Buxoro – 1998.1.5) — zardoʻz, Oʻzbekiston xalq rassomi (1982). Qad. Buxoro zardoʻzlik maktabi vakili. Otasi Aminjon Majidovdan hunar oʻrgangan. 30 – y. lardan Zardoʻzlik arteli (1960-y. dan Buxoro zardoʻzlik f-kasi)da ishlagan. Tilla, nuqra, ipak, zar iplar yordamida nodir soʻzanalar, portretlar yaratgan. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan. Uning rahbarligida zardoʻzi soʻzanalar, portretlar va b. tayyorlangan. Koʻplab murakkab bezakli namoyonlar ishlagan («Kitoba», 1956; «Goʻri Amir», 1970). U yaratgan anʼanaviy naqsh (chok)larning 32 namunasi Amaliy sanʼat muzeyida saqlanadi.