AMINOV Ahad Umarovich

AMINOV Ahad Umarovich (1920.30.5, Namangan — 1992, Toshkent) — kulol, Toshkent kulollik maktabi vakili. Samarqand badiiy bilim yurtining kuollik boʻlimida va Toshkent badiiy oʻquv i. ch. ktida tahsil koʻrgan (1935 – 38). Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika intini tugatgan (1942). P. Menkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtida oʻqituvchi (1951 — 52). Toshkent chinni z-dini tashkil qilishda qatnashgan (1938). Aminov ijodi uchun xalq kulollik sanʼati anʼanalariga (lagan, kosa, vaza va b.) asoslangan holda shakllar ustida izlanish xosdir. U buyumlarni qalami, chizma usulida bezab, bezakda islimiy (ayniqsa avvali bahor va b.) naqshlardan keng foydalanadi. Asarlari Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, muzeylarda saqlanadi.

Prev Article

AMINLASH

Next Article

AMINOV