AMMOFOSKA — tarkibida azot, fosfor va kaliy boʻlgan konsentrlangan mineral oʻgʻit. U ammofos, ammoniy sulfat va kaliy xloriddan tayyorlanadi. Tarkibida 18,2% N, 29,6% oʻzlashtiriladigan R2O5 va 14,6% boʻladi. Ammofoska oddiy oʻgʻitlar (ammiakli selitra, superfosfat, kaliy xlorid) aralashmasiga qaraganda iqgisodiy jihatdan foydali.