AMMONIY

AMMONIY — erkin holda olinmagan anorganik radikal. Faqat eritmada mavjud boʻladi. Ammiak kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda Ammoniy tuzlari hosil boʻladi. Birikmalar tarkibida ion holida uchraydi va bir valentli metall vazifasini bajaradi. Mas, Ammoniy gidroksid, ammoniy xlorid va h. k. A. gidroksid kuchsiz ishqoriy xossaga ega.

Prev Article

AMMIAKLI OʻGʻIT

Next Article

AMMONIY NITRAT