«AMORG VA SPARETRA» — Shakpardagi vatanparvarlik va qahramonlik qissasi. Taxm. mil. av. 6-a. oʻrtalarida yaratilgan. Shaklar shohi Amorg va uning rafiqasi Sparetra sarguzashtlari hikoya qilinadi. Eron hukmdori Kir shaklar eliga bostirib kirib, Amorgni asir oladi. Bundan xabar topgan Sparetra barcha shaklarni qoʻl ostiga birlashtiradi. Uning qoʻshinida uch ming erkak va koʻplab jangovar ayollar ham boʻlgan. Sparetra qoʻshini jangda Kir lashkarlarini yenggach, asirlar ayirbosh qilinadi va Amorg tutqunlikdan ozod etiladi. Qissa ezgulikning gʻalabasi, yovuzlikning mahv etilishi bilan yakunlangan. Unda qaqramonlik gʻoyasi muhabbat va sadoqat gʻoyalari bilan chatishib ketgan. «Amorg va sparetra va S.»ning syujeti va ohangi ertak va dostonlarnikiga oʻxshash boʻlsada, mazmuni tarixiy voqealar asosida qurilgan. «Amorg va sparetra va S.»ning mazmuni yunon tarixchilari Ktesiy va b. ning asarlari orqali bizgacha yetib kelgan.