AMORTIZATOR

AMORTIZATOR (frans. amortiz — kuchsizlantirish, yumshatish) — mashinalar (avtomobil, samolyot va b.) va inshootlardagi titrashlar hamda zarbiy kuchlardan himoya qilish uchun zarblarni yumshatuvchi qurilma. Amortizator larning mexanik (prujinalar, torsionlar, rezinalar), gidravlik, pnevmatik xillari bor. Mashinalarda ressoralar, buferlar, qurilish konstruksiyalarida poydevor toʻshamalari va b. ham Amortizatorlar jumlasiga kiradi.

Prev Article

AMORG VA SPARETRA