AMPER QOIDASI

AMPER QOIDASI, chap qoʻl qoidasi — magnit maydoniga kiritilgan oʻtkazgichdan tok oʻtganda unga taʼsir etuvchi mexanik kuch yoʻnalishini aniqlaydigan qoida. Agar chap qoʻlni magnit maydon kuchlanganligi kaftga tomon yoʻnaladigan qilib, ochilgan toʻrt barmoqni tok yoʻnalishi boʻyicha tutilsa, u holda bosh barmoq oʻtkazgichga taʼsir etuvchi kuch yoʻnalishini koʻrsatadi.

Prev Article

AMPER TEOREMASI

Next Article

AMPERMETR