AMPERVOLTVATTMETR

AMPERVOLTVATTMETRtok kuchi, kuchlanish va quvvatni oʻlchaydigan universal asbob. Ishi chulgʻamlarda tokning oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Tok kuchini oʻlchashda Ampervoltvattmetrning birlamchi chulgʻami zanjirga ketma-ket ulangan tok transformatorining ikkilamchi chulgʻamiga ketma-ket ulanadi; kuchlanishni oʻlchashda chulgʻamlar bir-biriga ketma-ket, zanjirga esa parallel ulanadi.

Prev Article

AMPER TEOREMASI

Next Article

AMPERMETR