AMUL

AMUL — Chorjoʻy sh. ning tarixiy adabiyotlarda 15-a. oxirigacha boʻlgan nomi. Amul nomining kelib chiqishi nomaʼlum. «Amu» atamasi Chorjoʻy yaqinidan oqib oʻtadigan daryo — Amudaryoda saqlanib qolgan. Mozandarondagi eng qad. shaharlardan biri ham Amul deb atalgan. Ularni farqlash uchun oʻsha davrlarda Amulni «Amuli Sohil», «Amuli Jayxun», «Amuli Zamm», «Choʻl Amuli» deyilgan.

Prev Article

AMUDARYO HARBIY FLOTI

Next Article

AMUR