ANALGEZIYA

ANALGEZIYA (yun. analgesia — hissizlik) — 1) mutlaqo ogʻriq sezmaslik. Periferik nervlar, orqa yoki bosh miyaning baʼzi kasalliklarida kuzatiladi. Tuygʻu, harorat kabi sezgilarning buzilishi bilan birga roʻy beradi;

2) ogʻriqsizlantirish — farmakologik vositalar va b. taʼsirotlar orqali vujudga keltirilgan ogʻriqsizlanish. Bunda sezishning boshqa xillari zararlanmaydi.

Prev Article

ANAKSIMEN

Next Article

ANALEPTIKLAR