ANALGIN (Analginum) — narkotikmas analgetiklarning pirazolon unumlari guruhiga mansub dori; ogʻriq qoldiruvchi, yalligʻlanishga qarshi va isitma tushiruvchi xossaga ega. Turli sabablarga koʻra kelib chiqqan kuchsizroq ogʻriqlarni qoldirish, isitma tushirish, gripp, bod va b. kasalliklarni davolashda ishlatiladi.