ANALITIK FUNKSIYA

ANALITIK FUNKSIYA — mat. ning asosiy tushunchalaridan biri; darajali qator yigʻindisi koʻrinishida yozilishi mumkin boʻlgan funksiya. Bundan Analitik funksiyaning istalgan tartibdagi hosilasi ham mavjudligi kelib chiqadi. Analitik funksiya sinfi yetarlicha keng boʻlib, unga mat. da va uning tadbikdarida uchraydigan funksiyalarning koʻpchiligi kiradi. Ayni paytda bu sinf bir qator ajoyib xossalarga ega. Avvalo, Analitik funksiya sinfi arifmetik, algebraik amallarga, li-mitga oʻtish amaliga nisbatan yopiq sinf-dir. Agar (z) funksiya bir bogʻlamli D sohada analitik boʻlsa, ixtiyoriy yopiq Fkontur boʻyicha olingan integral nolga teng. Shu va b. xossalar Analitik funksiya sinfining muhim obyekt ekanligini koʻrsatadi. Analitik funksiya nazariyasiga O. Koshi, B. Riman, K. Veyershtrass asos solgan.

Prev Article

ANALITIK TAROZI

Next Article

ANALITIK CHATISHTIRISH