ANAPLAZMA (Anaplazma) — bir hujayrali sodda organizm. Tanasi yumaloq, diametri 1 mkm gacha. Anaplazma nuqtadek boʻlib, qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ni jarohatlaydi. Anaplazma faqat mikroskopda koʻrinadi. Eritrotsitda 1 — 4 tagacha Anaplazma boʻlib, koʻpincha uning chetida joylashadi. Anaplazma oddiy boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi va anaplazmoz kasalligini qoʻzgʻatadi. Qoramol va qoʻyechkilar qonida parazitlik qiladi.