ANAXRONIZM (yun. ana — teskari, qarshi, choronos — vaqt, davr) — 1) xronologik xato, biron-bir voqea, hodisani tamomila boshqa vaqtga, davrga nisbat berish;
2) biror davrni tasvir qilishda shu davrga xos boʻlmagan xususiyatlarni ataylab tiqishtirish;
3) oʻz zamonasiga mos kelmaydigan eski qarashlar, xatti-harakatlar, urf-odatlar, oʻtmish sarqitlari.