ANDIJON SEMURGʻ TRIKOTAJ AKSIYADORLIK BIRLASHMASI

ANDIJON «SEMURGʻ» TRIKOTAJ AKSIYADORLIK BIRLASHMASIyengil sanoat korxonasi. «Oʻzbekengilsanoat» davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. 1966-y. da Andijon sh. da ishga tushirilgan. 1966—95 y. larda Andijon trikotaj f-kasi, Andijon trikotaj i. ch. birlashmasi nomlari bilan atalgan. 1996-y. dan hozirgi nomda. Erkaklar, ayollar, bolalar trikotaj kiyimlari, sport kiyimlari ishlab chiqaradi. Yillik loyiha quvvati 12 mln. dona trikotaj kiyimlari. Korxonada Fransiyaning «Alfa» firmasi bilan hamkorlikda chet el sarmoyasini jalb etib, jahon andozalaridagi trikotaj kiyimlari ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona tashkil etildi.

Prev Article

ANDIJON POLKASI

Next Article

ANDIJON SUV OMBORI