ANGIDRID

ANGIDRID (yun. an — inkor qoʻshimchasi va hydor — suv) — biror elementning kislorod bilan birikmasi. Metallmaslarning va baʼzi metallarning yuqori oksidlari Angidrid dir. Angidrid ikki usulda:

1) oddiy moddaning kislorod bilan birikishidan;

2) kislotani qizdirib, suvsizlantirishdan hosil boʻladi. Anorganik kislotalarning Angidrid lari kabi organik kislotalarning Angidridlari ham maʼlum. Mas, sirka A. (SN3SO)2O, benzoy Angidrid (S6N5SO)2O va b. kimyo sanoatida atsillovchi vosita sifatida karbon kislota qoldigʻi RCO ni birikmalarga kiritish uchun qoʻllaniladi.

Prev Article

ANGEMITON TOVUSHQATOR

Next Article

ANGIDRON