ANIQLOVCHI

ANIQLOVCHI — gapning ikkinchi darajali boʻlagi. Narsa, hodisa nomiga tobelanib, uning belgisi (xususiyati, sifati)ni anglatadi. Aniqlovchining uch turi mavjud: a) izohlovchi Aniqlovchi (boshqa nomni bildiradi, mas, oʻzbek shoiri Furqat); b) sifatlovchi Aniqlovchi (mas, keksa togʻlar); v) qaratuvchi Aniqlovchi — belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigi shaklidagi soʻz bilan ifodalanadi (mas, suvning beti yoki suv beti).

Prev Article

ANIQ EKISH

Next Article

ANIQLOVCHI