ANJUMAN (arab. — yigʻin) — 1) keng doirada oʻtkaziladigan majlis, yigʻilish, kengash;
2) bir davrda yashab, bir sohada faoliyat koʻrsatgan atoqli shaxslar guruhi, jamiyati;
3) bir xil kasbdagi hunarmandlarning biror masla-hatli ish yuzasidan vaqt-vaqti bilan yigʻilishib oʻtkaziladigan majlisi, shogirdlarni ishga oʻtkazish yigʻini, marosimi, ziyofati.