ANKERLI USTUN — qatlamqatlam togʻ jinslarini bir-biriga mahkamlovchi element. Metall, temirbeton, kamdan-kam hollarda yogʻochdan ishlanadi. Togʻ jinslarini parmalab ochilgan teshiklarga uzun metall sterjenlar (ankerlar) oʻtkaziladi. Ankerning bir uchi togʻ jinsi orasiga maxsus qulf bilan mahkamlanadi, ikkinchi (pastki) uchi ga shayba va gayka yordamida ustki tirak Ankerli ustun. biriktiriladi.