ANOD

ANOD (yun. anodos — koʻtarmoq, ana — yuqoriga va hodos — yoʻl, harakat) — 1) elektr toki manbaining musbat elektrodi, mas, galvanik element yoki elektr akkumulyatorning musbat qutbi;

2) elektr tokining musbat qutbiga tutashtirilgan elektron asbob (ion asbobi) elektrodi; 3) elektrolitik vannaning musbat qutbi (q. Elektroliz);

4) elektr yoyining musbat elektrodi. Qoʻllanish sohasiga qarab Anod materiali sifatida metallar (tantal, molibden, nikel, mis, temir, volfram va b.) hamda grafit ishlatiladi.

Prev Article

ANOV

Next Article

ANODLASH