ANSHAN

ANSHAN — Xitoyning shim.sharqidagi shahar, Lyaonin provinsiyasida. Aholisi 1,2 mln. kishidan ortiq. Anshan ogʻir sanoatning yirik markazlaridan biri. Metallurgiya k-ti, kimyo z-di (kislota va kimyoviy oʻgʻitlar), konchilik jihozlari z-di bor. Neftni qayta ishlash, ogʻir mashinasozlik va sement ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud.

Prev Article

ANYELLI

Next Article

ANQARA JANGI