Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

ANTALIYA

ANTALIYA, Adaliya — Turkiyaning jan. dagi shahar, Antaliya elining maʼmuriy markazi. Aholisi 378 ming kishi (1990). Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Kemasozlik rivojlangan, kema remont qilinadi. Metallurgiya, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Q. x. va oʻrmon mahsulotlari bilan savdo qilinadi.

Prev Article

ANTAKIYA

Next Article

ANTALKID SULHI