ANTIGONA

ANTIGONA — yunon afsonasiga koʻra, xudolar irodasi bilan mudhish gunoh ish qilib qoʻygan Fiva davlati shohi Edipning kizi. Antigona otasi bilan quvgʻinlikda uning azob-uqubatlariga sherik boʻlib yuradi. Antigona otasi vafotidan keyin vataniga qaytib keladi. Fivaga qarshi qurol koʻtargan ukasi Polinik jasadini, shoh Kreontning taqiklashiga qaramay, dafn qiladi. Shundan keyin shoh buyrugʻi bilan Antigona maqbaraga qamab qoʻyiladi va shu yerda u oʻzini halok etadi. Sofokl va b. mualliflarning asarlarida Antigona obrazi otaonaga muhabbat va olijanob fidokorlik ramzi sifatida talqin etiladi.

Prev Article

ANTIVITAMINLAR

Next Article

ANTIGORMONLAR