ANTIGORMONLAR

ANTIGORMONLAR (anti… va yun. hormon — qitiqlayman, tebrataman) — organizmga oqsil tabiatli gormonlar (mas, gipofizning oqsil gormonlari) uzoq, muddat kiritilganda ishlanib chiqadigan oʻziga xos moddalar. Ularning hosil boʻlishi yot oqsillar kiritishga javoban roʻy beruvchi immunologik reaksiyadir. Antigormonlar organizmni himoya qilib turadi.

Prev Article

ANTIGENLAR

Next Article

ANTIGUA VA BARBUDA