ANTIK ADABIYOT

ANTIK ADABIYOT (lot. antiquus — qadimgi) — Yunonistonda yuzaga kelgan yozma adabiyot (mil. av. 9—8-a. lar). Bu adabiyotning ilk namunasi «Iliada» va «Odisseya» dostonlari boʻlib, bular «Gomer dostonlari» deb ham ataladi. Gomerdan tashqari Esxil, Sofokl, Yevripid va b. ham Antik adabiyotning yirik namoyandalaridir. Yunoniston va Qad. Rim adabiyotini Antik adabiyot deb qabul qilish bir yoqlama fikr. Chunki yozma adabiyotning eng qadim namunalari Sharqda, Shumer va Akkadda, Hindiston, Misr, Bobilda yaratilgan. Shumerliklarning Gilgamesh haqidagi dostoni yunon adabiyotidan 2000-yillar ilgari sopolga yozib qoldirilgan.

Prev Article

ANTIDOTLAR

Next Article

ANTIK TEATR