ANTIKLINAL

ANTIKLINAL (anti… va klino — ogʻdiraman) — qavariq tomoni yuqoriga qaragan burmalangan togʻ jinsi qatlami. Antiklinalning qavariq yeri Antiklinal markazi, yon tomonlari qanotlari deb ataladi. Markazida qad. jinslar, qanotlarida esa yoshroq jinslar boʻladi. Antiklinal burmalar yon qanotlarining va undagi oʻq tekisligining yotishiga qarab, toʻgʻri, qiyshiq, ogʻma, yotiq Antiklinal burmalarga boʻlinadi. Burma oʻq chizigʻi yoyga oʻxshab qayrilgan boʻlsa braxiantiklinal deyiladi. Antiklinallar katta yoki kichik boʻlishi mumkin. Katta Antiklinal burmalar bir qancha kichik A. va sinklinallardan iborat boʻladi. Oʻzbekistondagi hamma togʻlar (Shim. Nurota, Turkiston, Zarafshon, Chatqol tizmalari) A. burmalarga kiradi. Metall rudalarining koʻp qismi, neft va gaz konlari ana shu A. tizmalarda boʻladi.

Prev Article

ANTIZARRALAR

Next Article

ANTIKLINORIY