ANTIKLINORIY

ANTIKLINORIY (anti… va yun. klino — ogʻdiraman va orpos — togʻ) — Yer poʻsti geosinklinal oblastining uzoq vaqt koʻtarilishi natijasida vujudga keladigan yirik (bir necha oʻn km va yuz km ga choʻzilgan) va murakkab antiklinal shakldagi burma. Antiklinoriy qanot burmalarida paydo boʻlgan bir necha kator mayda burmalar baʼzan siljimalar boʻlganligi tufayli murakkablashadi. Koʻpincha, Antiklinoriyning markaziy (ustki) qismida intruziv jinslar boʻladi. Chatqol tizmasi A. ga misol boʻla oladi.

Prev Article

ANTIK TEATR

Next Article

ANTIKOAGULYANTLAR