ANTIOX DEVORI — qad. Margʻiyona (Marv) vohasi atrofini uragan ulkan mudofaa inshooti. U salavkiylar hukmdori Antiox I Soter (Xaloskor) (mil. av. 324 — 261) davrida koʻchmanchi day (sak qabilalaridan biri) kabilalarining hujumidan Margʻiyonani mudofaa etish maqsadida qurilgan. Antik davr tarixchilaridan Strabon (mil. av. 64/63 — mil. 23/24)ning maʼlumotiga koʻra, Antiox devori uz. 1500 stadiy (1 stadiy — 148 — 210 m), yaʼni 222 — 315 km boʻlib, qalinligi 5,2 m. 10-a. arab geografi Istaxriy bu devor xarobalarini «Array» nomi bilan tilga olgan. Antiox devori qoldiqpari Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyam tomonidan (1946-y.) oʻrganilgan.