ANTISEMITIZM

ANTISEMITIZM — milliy va diniy bidʼat-xurofot, yahudiylarga dushmanlik koʻzi bilan qarash. Antisemitizm irqiy shovinizmning eng mudhish koʻrinishidir. Tarixda Antisemitizm turli shakllarda — atayin yolgʻon, tuhmat tarqatish, har xil kamsitishlardan tortib, to ommaviy ravishda aholini koʻchirib yuborish va qirgʻin qilish, genotsidgacha namoyon boʻlgan. Antisemitizm german fashizmi oʻtkazgan siyosatda ayniqsa keskin tus olgan.

Prev Article

ANTISEGNETOELEKTRIKLAR

Next Article

ANTISEPTIK VOSITALAR