ANTVERPEN

ANTVERPEN — Belgiyaning shim. dagi shahar; Antverpen provinsiyasining maʼmuriy markazi, kema qatnaydigan Shelda daryosi va Albert kanali boʻyida, Shim. dengiz qirgogʻidan 90 km ichkarida. Dunyodagi eng katta portlardan biri (yuk oboroti 80 mln. t. dan ziyod). Muhim savdo, moliya va sanoat markazi, aholisining soni jihatdan Bryusseldan keyin 2-oʻrinda. Aholisi 468 ming kishi (1991, shahar atrofi bilan 920 ming kishi). 16-a. 2-yarmida ahamiyati jihatidan Yevropada 1-oʻrindagi savdo va kredit markazi boʻlgan. Xoʻjaligida tashqi savdo va moliya aloqalari katta rol oʻynaydi. Antverpen xalqaro dengiz, havo va t. y. aloqalari tuguni ichki suv yoʻllari orqali Kampin kumir xavzasi, Lyej, Rent va Bryussel sh. lari bilan bogʻlangan. Rangli metallurgiya, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), harbiy, kimyo (mineral oʻgʻit, boʻyoq), oziq-ovqat, toʻqimachilik (ayniqsa ipgazlama i. ch.), neftni qayta ishlash sanoati tarmoqlari rivojlangan. Olmosga sayqal berish va brilliant savdosining jahon markazi. Shaharda VII Olimpiada oʻyinlari oʻtgan (1920). Antverpen yaqinida GES ishlab turipti. Un-t, konservatoriya, muzeylar (jumladan, Qirollik nafis sanʼat muzeyi, 1810-y.). P. P. Rubens Uymuzeyi va b. bor. A. yilnomalarda dastlab 7-a. dan tilga olingan. 14 — 18-a. lar meʼ-moriy yodgorliklari saqlangan.

Prev Article

ANTARKTIKA

Next Article

ANTEKLIZA